Yussuf Fofana Ruben Amorimning ishonchini qozona olmadi va «Milan»ni tark etishi kutilmoqda. «Rossoneri» safida 88 ta o'yinda maydonga tushgan fransiyalik futbolchi 3 ta gol urib, 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Uning asosiy maqsadi — Premer-liga. Fofana quyidagi klublar qiziqish doirasiga tushgan:
• «Aston Villa»
• «Kristal Pelas»
• «Nottingem Forest»
Shuningdek, futbolchi «Selta»ga ham taklif qilingan, biroq Ispaniya klubi moliyaviy talablar sababli rad javobini bergan.
«Milan» bitimdan zarar ko'rmaslik uchun taxminan 13 million yevro ishlab olishni ko'zlamoqda. Fofananing yillik maoshi esa taxminan 3 million yevroni tashkil etadi.
Ko'rinishidan, fransiyalik futbolchini sotish «rossoneri» uchun transfer oynasi yopilgunga qadar asosiy vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. 👀
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!