Mali terma jamoasi Afrika Millatlar kubogiga yo'llanma oldi
Sinayoko va Traore Mali terma jamoasi safida Afrika Millatlar kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
Sinayoko va Traore Mali terma jamoasi safida Ruandani 2:0 hisobida mag'lub etib, Afrika Millatlar kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Ikkala futbolchi ham o'yinni asosiy tarkibda boshlashdi. Sinayoko uchrashuvni sust o'tkazdi va o'yin yakunida zaxiraga olindi, Traore esa bahsni to'liq o'tkazib, yaxshi taassurot qoldirdi.