Fabrisio Romano: Diomande va Adeyemi transferlari tafsilotlari
Fabrisio Romano Diomande va Adeyemi transferlari bo'yicha qiziqarli ma'lumotlarni oshkor qildi.
📝 Fabrisio Romano (insayder): "O'tgan yoz boshida "Barselona" Diomande transferini ko'rib chiqqan. Biroq yakunda kataloniyaliklar 19 yoshli vingerning transferini juda qimmat deb hisoblashgan.
O'z navbatida, "Borussiya" D "Madrid"ga Adeyemi xizmatlarini taklif qilgan. Biroq "qirollik klubi" 24 yoshli hujumchini sotib olish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmagan.
Yakunda Diomande aynan o'zi xohlagan joyda — "Madrid"da qoldi. Xuddi shu narsa "Barselona"ga o'tgan Adeyemi uchun ham amal qiladi.