Admar Lopes: Risharlison Braziliyaga qaytishni istamadi
"Vasko da Gama" sport direktori Admar Lopes Risharlisonning jamoaga qaytishdan bosh tortgani haqida gapirib berdi.
🎤 "Vasko da Gama" sport direktori Admar Lopes Risharlisonning amalga oshmay qolgan transferi haqida:
"Biz qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik. Uni sotib olishni taklif qildik, ammo futbolchi doimiy transferga rozi bo'lmadi. Oxirgi kungacha ko'ndirishga harakat qildik, biroq u rad etdi va hozir Braziliyaga qaytish vaqti emasligini aytdi".