Adri Koster «Villem II» bosh murabbiyi etib tayinlandi
Niderlandiya klubi «Villem II»da murabbiy almashdi. Adri Koster jamoaning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Adri Koster «Villem II» jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi.
71 yoshli mutaxassis Tilburg jamoasini uchinchi bor boshqaradi. U bungacha klubda texnik maslahatchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Koster shu hafta «uchranglilar» tomonidan iste'foga chiqarilgan Jon Stegemanning o'rnini egallaydi.