Affenqruber «Fulxem» bilan shartnoma imzoladi
25 yoshli markaziy himoyachi «Fulxem» bilan 2030-yilga qadar shartnoma imzoladi. Futbolchi o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
25 yoshli tezkor markaziy himoyachi «Fulxem» bilan 2030-yilning yoziga qadar mo'ljallangan to'rt yillik shartnoma imzoladi, shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.
FFCtv'ga bergan intervyusida Affenqruber shunday dedi:
Bu men va faoliyatim uchun o'zgacha kun. Bu men uchun katta qadam va men bu yerda ekanligimdan juda faxrlanaman hamda xursandman.
Bu uzoq, ammo juda o'zgacha kun bo'ldi. Bunday imkoniyat har doim ham yuzavermaydi. Hozir shunchaki bu yerda ekanligimdan baxtliman va ishni boshlashga juda motivatsiyalanganman.