Iliman Ndiaye va Risharlison transferi atrofidagi vaziyat
Fabrisio Romano va Pol O'Kif Iliman Ndiaye hamda Risharlisonning transferi borasidagi so'nggi ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi.
Fabrisio Romano Iliman Ndiaye va Risharlison haqida:
Bugun, dushanba kuni Iliman Ndiaye bilan nima bo'lishi uzil-kesil ma'lum bo'ladi.
«Tottenxem» Iliman bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan va futbolchining agentlari bilan ham kelishib olgan. Ular «Everton» bilan bitimni rasmiylashtirishga tayyor.
Ammo hammasi Risharlison nima qilishni istashiga bog'liq. Agar Risharlison «Everton»ga o'tishga rozi bo'lsa, Ndiaye «Tottenxem» futbolchisiga aylanishi mumkin. Aks holda, uning kelajagi yana ochiqligicha qoladi: u «Tottenxem»ga boshqa yo'l bilan o'tishi yoki yakunda boshqa klubga qo'shilishi mumkin, chunki u boshqa jamoalar ro'yxatida ham bor. Masalan, u allaqachon «Manchester Siti» ro'yxatida ham bor. Nima bo'lishini ko'ramiz. Ammo shuni aniq aytish mumkinki, vingerlar bilan bog'liq vaziyat yaqin soatlarda juda keskin bo'ladi.
Pol O'Kif:
Ehtimol, u qaytishni xohlagandir, lekin uning boshqa variantlari ham bor, qolaversa, u «Tottenxem» uni majburlayotganini his qilmoqda, shuning uchun u «Tottenxem»ga qulay bo'lgani uchungina ularning aytganini qilishga majbur emas deb qaror qilishi mumkin. Bu yerda g'urur va o'zini hurmat qilish masalalari ham bor.