Markus Kroshe «Ayntraxt»ni tark etdi
Frankfurtning «Ayntraxt» klubi sport direktori Markus Kroshe o‘z xohishi bilan lavozimidan ketdi.
🖤 Kroshe ketdi: «Ayntraxt»da top-era yakunlandi
Titullar, 100 millionlik transferlar va «Bavariya»ga qarshi kurash – Frankfurt sport direktori Markus Kroshe baribir ketdi. O‘zi xohlab. Klub yig‘ilishiga bir kun qolganda.
Bu yangilikni hali avgust oyidayoq bashorat qilishgandi, ammo sentyabrdagi yig‘ilishda Krosheni lavozimida qoldirishgan. Ishlar iziga tushayotgandek va murosaga erishilgandek tuyulgandi, biroq bugun hammasi o‘zgardi.
Markusning lavozimi 25 yillik tajribaga ega bo‘lgan Aksel Xellmann-ga o‘tmoqda. U 30 yoshidan buyon Frankfurtdagi o‘z kabinetida faoliyat yuritib keladi.
Kroshe yangi bosh murabbiy bilan til topisha olmagani, shuningdek, so‘nggi mavsumlardagi transferlar va murabbiylar borasidagi xatolari uning mavqeini pasaytirib yuborgani sir emas.
Ammo Markus ishsiz qolmaydi – yozda «Milan» bilan deyarli kelishuvga erishilgandi, uning qat’iy muzokara olib borish qobiliyati va transfer bozorida «havodan pul yasash» mahorati har doim qadrlanadi. Hatto so‘nggi mahalliy muvaffaqiyatsizlikka qaramay.