Aleks Pastor “Zvolle” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi
Niderlandiya chempionati vakili “Zvolle” jamoasida bosh murabbiy almashdi. Aleks Pastor mavsum oxirigacha jamoani boshqaradi.
Aleks Pastor - “Zvolle” jamoasining yangi bosh murabbiyi.
60 yoshli mutaxassis Xenri van der Vegt o‘rnini egalladi va mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Ushbu qaror vaqtinchalik murabbiylar dueti chempionatdagi to‘rtta o‘yinda birorta ham g‘alaba qozona olmaganidan so‘ng qabul qilindi.