Aleksandr Mitrovich «Al-Hilol»ga o'tishi haqida gapirdi
Aleksandr Mitrovich «Al-Hilol»ga o'tish jarayoni va unga berilgan tavsiyalar haqida gapirib berdi.
🎙 Mitrovich — o'zi «Al-Hilol»ga qanday o'tgani haqida:
«Al-Hilol»dan taklif olganimda, Saudiya ligasida ishlagan do'stlarim, futbolchilar va murabbiylar bilan gaplashdim — ular menga «Al-Hilol» haqida juda ko'p ajoyib narsalarni aytib berishdi.