Alireza Jaxanbaxsh: "Ayaks" bizni biroz mensimadi"
Alireza Jaxanbaxsh "Ayaks"ga qarshi o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Alireza Jaxanbaxsh "Ayaks" haqida:
"O'yingacha g'alaba qozonish real maqsad emasdek tuyulishi mumkin edi, lekin biz baribir juda yaqin kelgandik. Rostini aytsam, bu men so'nggi yillar ichida ko'rgan eng kuchli "Ayaks" edi, holbuki ularga qarshi ko'p marta o'ynaganman. O'ylaymanki, ular baribir bizni biroz mensimayroq qarashdi".