Massimiliano Allegri: «Bolonya»ga qarshi o'yin biz uchun juda muhim»
Massimiliano Allegri «Bolonya»ga qarshi o'yin oldidan jamoaning holati va tarkibdagi yo'qotishlar haqida gapirdi.
Massimiliano Allegrining «Bolonya»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumani
«Ertaga bizda o'z uyimizda g'alaba qozonishni boshlash imkoniyati bor. Biz buni hali qilmadik. Bu yerda ko'p gapirishning keragi yo'q, faqat harakat qilish kerak. Ertangi o'yin biz uchun juda muhim va bu hammaga ayon.»
«Angissa mushaklardagi tortishish sabab safdan chiqdi. U maydonga tusha olmaydi, xuddi Maktominey va Jovane kabi. Lang qaydnomaga kiritiladi. Neres o'zini yaxshiroq his qilmoqda. Ertangi o'yin juda mas'uliyatli. Biz kelgusi bir nechta o'yinlarda turnir jadvalidagi vaziyatni o'nglab olishga harakat qilishimiz kerak.»