Andrea Radrizzani: Lidsni sotish xato bo'lgan
«Lids»ning sobiq egasi Andrea Radritsani klubni sotish qarori bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Afsuski, men «Lids»ni sotganimda xatoga yo'l qo'ydim. Biz buni eng quyi nuqtada amalga oshirdik. Odatda bunday qilinmaydi, shuning uchun klubni juda erta sotib yubordim.
Men APLdan tushib ketganimizdan so'ng tushkunlikka tushgandim. Shu sababli ruhiy salomatligimni saqlab qolish nuqtai nazaridan to'g'ri ish qildim. Ammo biznes nuqtai nazaridan qaraganda, bu yomon qaror edi».
«Lids»ning sobiq egasi Andrea Radritsani SportsPro nashriga bergan intervyusida.