Andrea Ranokkiya «Inter» himoyachilari haqida fikr bildirdi
«Inter»ning sobiq himoyachisi Andrea Ranokkiya jamoaning hozirgi himoya chizig'i haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Inter» himoyasi? Ular juda kuchli. Bir necha kun oldin ularni tabriklash uchun Appyanoga bordim. Ularda aql bovar qilmas jismoniy kuch bor, ular haqiqiy gigantlar! Qolaversa, ularda xarakter ham bor. Darhaqiqat, ajoyib himoya chizig'i», — dedi Andrea Ranokkiya.