Andrey Kostic «Sparta»ga ijaraga berildi
«Milan» yosh futbolchisi Andrey Kosticni Rotterdamning «Sparta» klubiga ijaraga berdi. U kelasi mavsumni Niderlandiya chempionatida o'tkazadi.
«Milan» Andrey Kosticning Rotterdamning «Sparta» klubiga o'tganini rasman e'lon qildi.
Yosh futbolchi kelasi mavsumni Erediviziyada o'tkazadi. Bu unga muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish va tajriba to'plash imkonini beradi.
Andreyga Niderlandiyadagi faoliyatida omad tilaymiz!