Anj-Yoan Bonni «Komo»ga qarshi o'yindan so'ng jarohat oldi. Futbolchining terma jamoa ixtiyoriga borishi ertangi tibbiy ko'rikdan so'ng aniqlanadi.
Anj-Yoan Bonni «Komo»ga qarshi o'yindan so'ng jarohat oldi. Uning holati ertaga baholanadi, shundan so'ng futbolchiga noyabr oyidagi tanaffusda Kot-d'Ivuar terma jamoasi ixtiyoriga borishga ruxsat berilishi yoki berilmasligi ma'lum bo'ladi.
Anj-Yoan Bonni, Endi Diuf va Yann Bissek Chempionlar ligasidagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
Anj-Yoan Bonni turnirdagi ilk golini urganidan so'ng o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi, shuningdek, Endi Diuf va Yann Bissek ham o'z munosabatlarini ma'lum qilishdi:
Anj-Yoan Bonni: «Biz og'ir oqshomni boshdan kechirdik, bugun bizga kuchli jamoa qarshilik ko'rsatdi. Biz zudlik bilan munosabat bildirishimiz kerak. Biz mag'lub bo'ldik, ammo bu mag'lubiyatdan saboq olamiz va darhol keyingi o'yinga e'tibor qaratamiz».
Endi Diuf: «O'yin yakunida ular muvozanatni yo'qotganimizdan foydalanishdi, biz ham hujumda, ham himoyada biroz kamchiliklarga yo'l qo'ydik. Bu o'yindan so'ng tiklanib olishimiz kerak, bizni har uch kunda o'yinlar kutib turibdi va biz allaqachon oldimizda turgan navbatdagi sinov haqida o'ylayapmiz».
Yann Bissek: «Hammasi biz xohlagandek ketmadi, raqibga ta'sanolar, ular yaxshi o'ynashdi. Biz kuchayishimiz kerak, chunki Chempionlar ligasida to'rtta gol o'tkazib yuborish yaramaydi: endi biz «Shaxtyor»ga qarshi o'yinda qayta tiklanishimiz kerak».
Corriere dello Sport xabariga ko'ra, Lautaro Martinez va Markus Tyuram A Seriya starti arafasida klub mashg'ulotlariga qaytishadi.
Corriere dello Sport xabariga ko'ra, Lautaro Martinez va Markus Tyuram A Seriyaning birinchi turidan ikki hafta oldin, ya'ni 22-avgust kuni "Monsa"ga qarshi o'yin arafasida klub ixtiyoriga qaytishadi.
Anj-Yoan Bonni esa jamoaga ertaroq — kelasi hafta qo'shilishi kutilmoqda. Kot-d'Ivuarlik futbolchi jamoa bilan birga Osiyo turnesiga yo'l oladi.
Anj-Yoan Bonni o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng jamoaning tayyorgarligi va yosh futbolchilar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Anj-Yoan Bonni o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Bugun yaxshi o'yin ko'rdik, qattiq shug'ullandik va jamoa yaxshi harakat qildi. Qaytganimdan juda xursandman.
Yangi mavsumga aynan shunday o'yinlar orqali tayyorgarlik ko'rish muhim. Bugun bizni chempionatda ham kutib turgan kuchli raqibga qarshi yaxshi sinov bo'ldi.
Yoshlarmi? Ular juda muhim sifatlarga ega yigitlar. Ular bor kuchini berishga va shu darajada o'ynash uchun tajribaliroq o'yinchilardan o'rganishga intilishmoqda.