Mbappe'ning "Oltin to'p" uchun kurashi tanqid ostida
Kilian Mbappe'ning "Oltin to'p" uchun kurashdagi harakatlari va bayonotlari jurnalistlar hamda ekspertlar tomonidan keskin tanqid qilindi.
📻 Riolo (RMC Sport jurnalisti):
Mbappe'ning Afrikaga oid so'zlari? Bu intervyuni u ilgari fransuz tilida so'zlashuvchi Afrikada katta ta'sirga ega bo'lgan OAVga berdi. Bugun esa uning ta'siri sezilarli darajada kamaygan.
Men umuman bu kampaniyani tushunmayapman. Mbappe'ning g'alabaga erishish uchun hozirgi harakatlari, agar u yakunda ro'y bersa, menda yoqimsiz taassurot qoldirmoqda.
Roten (TV-ekspert, Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi):
Siz Mbappe hozir "Oltin to'p" uchun kurashda ovozlarni sotib olishga urinayotganini tushunyapsizmi? U mana shunday yo'l bilan bu la'nati sovrinni yutmoqchimi?
📻 A. Romero (Cadena SER jurnalisti):
Agar Mbappe yaxshi mavsum o'tkazgan deb hisoblasa, demak ham unda, ham voqelikdan uzilib qolgan hujumchiga ega "Madrid"da muammo bor.