«Parij» Antuan Mendiga qiziqish bildirmoqda
«Parij» klubi «Nitssa» himoyachisi Antuan Mendini transfer qilmoqchi. Match360 xabariga ko'ra, «Nitssa» futbolchi uchun 10 million yevro so'ramoqda.
Match360 xabariga ko'ra, «Parij» «Nitssa» himoyachisi Antuan Mendini o'z safiga qo'shib olishni jiddiy rejalashtirmoqda.
Uning markaziy himoyachi va o'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynay olish qobiliyati klub rahbariyatini o'ziga jalb qilmoqda. Tomonlar o'rtasida muzokaralar olib borilmoqda va yaqin vaqt ichida rasmiy taklif yuborilishi mumkin.
«Nitssa» futbolchi uchun taxminan 10 million yevro talab qilmoqda. Biroq, transfer poytaxt klubi himoya chizig'idagi o'zgarishlarga bog'liq.