Napoli futbolchisi yig'in yakuni va mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi
Napoli futbolchisi Kastel-di-Sangrodagi yig'in yakuni va jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Sbor o'z nihoyasiga yetmoqda. Kastel-di-Sangroda «Napoli» — «Aris» uchrashuvi qoldi. Muxlislarga biror narsa demoqchimisiz?
Ular, albatta, Kastel-di-Sangrodagi har bir mashg'ulotga kelishmoqda va bu haqiqatan ham ajoyib! Biz yig'inni ushbu o'yin bilan yakunlayapmiz va barcha uni ko'ra olishiga umid qilamiz.
Mavsumdagi maqsadingiz haqida gapirib bera olasizmi? Shaxsiy va «Napoli»ning maqsadlari haqida?
Mening shaxsiy maqsadim har doim jamoaga yordam berishga harakat qilishdir. O'ylaymanki, agar jamoa yaxshi o'ynasa, bu shaxsan men uchun ham albatta yaxshi. Biz oxirigacha, har bir o'yinda kurashamiz, keyin esa nima bo'lishini ko'ramiz.