Feyenoord Sem Steyn bilan xayrlashishi mumkin
Jurnalist Arno Vermeulenning fikricha, Feyenoord qishki transfer oynasida Sem Steyn bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Arno Vermeulen Rotterdam klubi Sem Steynni sotib yuborishi yoki ijaraga berib yuborishi mumkinligini istisno etmaydi:
"Feyenoord"ga chempionlik uchun kurashda eng kerak bo'lmagan narsa - bu mojarolar. O'ylaymanki, klub qishki transfer oynasiga qadar yechim izlamoqda.
Avvaliga ular munosib o'rinbosar topib, yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashi, keyin esa Steynni ijaraga berishga urinishi kerak. Muammo keltirib chiqarayotgan futbolchini olib qolishning ma'nosi yo'q. Biz hozir aynan shuni kuzatyapmiz.