Arnold Bruggink «Feyenoord» foydasiga belgilangan penaltini tanqid qildi
Arnold Bruggink «Feyenoord» va «Xerenven» bahsida belgilangan penaltidan norozi bo'ldi. Ekspert qarorni xato deb atadi.
Arnold Bruggink «Feyenoord» va «Xerenven» uchrashuvida «Feyenoord» foydasiga belgilangan penaltini tanqid ostiga oldi.
Hakam Vasilis Zagaritis podkat vaqtida to‘p uning tayanch qo‘liga tekkanidan so‘ng 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi.
«Bu penalti emas! Bunday qarorni qanday qabul qilishganini umuman tushunmayapman. VAR aralashib, hakamlarga xato qilganini ko‘rsatishi kerak edi», - dedi ESPN eksperti.