Rafa Yuste Arnold Shvartsenegger bilan xayriya tadbirida ishtirok etdi
Rafa Yuste Los-Anjelesda Arnold Shvartsenegger bilan xayriya tadbirida ishtirok etib, unga «Barselona» futbolkasini sovg'a qildi.
⭐️🤝 «Barselona» Los-Anjelesdagi birdamlik aksiyasida ishtirok etdi.
Rafa Yuste aktyor tomonidan bolalar va yoshlar uchun ta'lim, sport hamda imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan After-School All-Stars jamg'armasini qo'llab-quvvatlash uchun Arnold Shvartsenegger qarorgohida bo'lib o'tgan xayriya tadbirida qatnashdi.
Uchrashuv davomida Yuste Shvartseneggerga «Barselona»ning nomli futbolkasini sovg'a qildi, bu esa «Barsa»ning qadriyatlari hamda birdamlik tamoyillariga sodiqligini aks ettiradi. ❤️