Atalanta Assane Diaoni o'z safiga qo'shib olmoqchi
Nicolo Schira xabariga ko'ra, Atalanta Komo vingeri Assane Diaoni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
🚨 Atalanta Assane Diaoni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi.
Nicolo Schira xabariga ko'ra, Atalanta vakillari va Assane Diaoning agentlari o'rtasida ijobiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Bergamoliklar endilikda Komo vingerini yaqin vaqt ichida o'z safiga qo'shib olishga harakat qilishga tayyor.
Hozircha klublar o'rtasidagi muzokaralar yoki transfer summasi haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas.