Ispaniya Kubogi: «Sevilya» raqibi aniqlanmoqda
Ispaniya Kubogining birinchi bosqichida «Sevilya» havaskor jamoalar o'rtasidagi bahs g'olibi bilan to'qnash keladi.
Ispaniya Kubogining birinchi bosqichida «Sevilya» deyarli havaskor maqomidagi jamoaga qarshi maydonga tushadi!
27-29-oktyabr kunlari klub «Atletiko Gimar» - «Sporting Ortalesa» juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.
Ulardan birinchisi Kanar orollari mintaqaviy chempionatida, ikkinchisi esa Madrid mintaqaviy chempionatida ishtirok etadi.
«Ortalesa» birinchi o'yinda «Gimar»ni 1:0 hisobida mag'lub etgan. Qizig'i shundaki, bu 1964-yilda tashkil etilgan klub tarixidagi ilk Ispaniya Kubogi ishtiroki hisoblanadi. Hozir ular «Sevilya»ga qarshi o'yin o'tkazishga bir qadam masofada turibdi.