Roma Emanuele Lulli bilan shartnomani uzaytirmoqchi
«Roma» yosh iqtidor egasi Emanuele Lulli bilan 2031-yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
«Roma» niyatida Emanuele Lulli bilan shartnomani uzaytirish va unga yaxshilangan shartlarni taklif qilishga tayyor.
LaRoma24.it ma'lumotiga ko'ra, klub yosh futbolchini 2031-yilga qadar mo'ljallangan yangi kelishuv bilan o'z safida saqlab qolmoqchi.
Lulli jadal rivojlanmoqda va o'z o'yinlari bilan Jan Pyero Gasperini ishontira oldi. Yozda u «Avellino»ga o'tishga yaqin edi, biroq murabbiy futbolchini mavsumoldi o'yinlaridagi yaxshi harakatlaridan so'ng jamoada olib qolishga qaror qildi.
Endi «djallorossi» rahbariyati futbolchini ko'rsatgan o'sishi uchun mukofotlash va uning klub bilan bog'liqligini mustahkamlash niyatida. Yangi shartnoma maosh oshirilishini nazarda tutishi kutilmoqda.