Ayntraxt Frankfurt klubi tarixiy g'alabani qayd etdi
Frankfurtning «Ayntraxt» klubi Germaniya kubogi doirasidagi o'yinda o'z tarixidagi eng yirik g'alabani qayd etdi.
🆕 Yangi shaxsiy rekord!
Bugungi «Sankt-Tyonis»ga qarshi o'yin «Ayntraxt»ning Germaniya kubogi tarixidagi eng yirik g'alabasi bo'ldi. Avvalgi eng yaxshi natija 1974-yil 16-oktyabrda «Gerta» (Tselendorf) ustidan qozonilgan 10:2 hisobidagi g'alaba edi.
🥇 Bugungi natija, shuningdek, klub tarixidagi rasmiy uchrashuvlardagi eng yirik g'alabani takrorladi. Jamoa 1959-yilda «Bavariya Xof» va 1961-yilda «Yan Regensburg» ustidan ham xuddi shunday hisobda g'alaba qozongan.