Ayoze Peres «Villarreal» tarixidagi eng yaxshi to'purarlar o'nligiga kirdi
Ayoze Peres «Villarreal» safida La Ligadagi gollari soni bo'yicha klub tarixidagi eng yaxshi to'purarlar o'nligidan joy oldi.
⚡ Ayoze «Villarreal»ning La Ligadagi eng yaxshi to'purarlari top-10 ligiga kirdi:
Kanar orollaridan bo'lgan futbolchi Ayoze Peres «Villarreal»ning oliy diviziondagi eng yaxshi o'nta to'purari safiga qo'shildi. U yakshanba kuni o'z uyida «Levante» ustidan qozonilgan g'alabada (3:1) hisobni ochgan gol muallifiga aylandi.