Manchester derbisidagi xato uchun VAR hakamlari chetlatildi
Manchester derbisida xatoga yo'l qo'ygan VAR hakamlari Mett Donaxyu va Bleyk Antrobus APLning navbatdagi turidan chetlatildi.
✅ Rasman: Manchester derbisidagi VAR hakamlari navbatdagi APL turidan chetlatish orqali «jazolandi».
Mett Donaxyu va uning yordamchisi Bleyk Antrobus «Siti» goli epizodidagi xatodan so'ng tur o'yinlariga tayinlanishmadi. Pro Ref tashkiloti mazkur gol hisobga olinmasligi kerakligini tan oldi.