CSKA Brayan Rodrigesni o'z safiga qo'shib olmoqchi
CSKA Meksikaning Amerika klubi vingeri Brayan Rodrigesni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Muzokaralar davom etmoqda.
Punk xabariga ko'ra, CSKA Brayan Rodrigesga qiziqish bildirmoqda. Garchi 8-avgust kuni futbolchining agenti Sport24 nashriga klubning vingerga bo'lgan qiziqishini tasdiqlagan bo'lsa-da, muzokaralar og'ir kechmoqda.
Karp ma'lumotiga ko'ra, Meksikaning Amerika klubi sharafini himoya qilayotgan 26 yoshli Urugvay terma jamoasi vingerini transfer qilish imkoniyatlari mavjud. CSKA ushbu futbolchiga qishdayoq qiziqish bildirgan edi.