Erik Lira Monakoga o'tmoqda
Erik Lira Monako safiga o'tmoqda. Transfer summasi 8 million yevroni tashkil etadi, shartnoma 5 yilga mo'ljallangan.
🚨 Monako va Krus Asul klublari Erik Lira transferi bo'yicha yakuniy kelishuvga erishdi.
Transfer summasi futbolchi huquqlarining 80 foizi uchun 8 million yevro hamda 3 million yevro bonusni tashkil etadi.
Shartnoma 5 yilga mo'ljallangan. Yaqin kunlarda futbolchini ro'yxatdan o'tkazish uchun Yevropa Ittifoqi fuqarosi bo'lmagan o'yinchilar uchun ajratilgan o'rin bo'shatilishi kerak.
📰 ESPN México (Cesar Caballero)