CSKA Kucho transferi uchun 20 million yevro sarflashga tayyor
CSKA Betis hujumchisi Kuchoni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Moskvaliklar futbolchi uchun 20 million yevro to'lashga tayyor.
CSKA Kolumbiya terma jamoasi o'yinchisi uchun 20 million yevro sarflashga tayyor: bugun Ispaniyaning Estadio Deportivo nashri xabar berishicha, moskvaliklar Betis hujumchisi Kucho uchun taklif yuborgan.
Bu haqiqat emas, Moskvadan Sevilyaga hech qanday rasmiy hujjat kelib tushmagan. Biroq, armiyachilar haqiqatan ham ushbu futbolchini transfer qilishdan manfaatdor va uning xaridi uchun 20 million yevrogacha mablag' sarflashga tayyor.
Kucho bir oydan ortiqroq vaqtni o'tkazib yuborishiga sabab bo'lgan jarohatidan forig' bo'ldi va dushanba kunidan buyon umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazmoqda. U yaqin shanba kuni Sevilyaga qarshi bo'lib o'tadigan derbiga tayyorgarlik ko'rmoqda, — deya xabar beradi Karp.
2021-yildan buyon MLS'da Kolumbus safida 3 mavsumda Kucho 122 o'yinda 63+29 natija qayd etgan bo'lsa, shundan so'ng Betisdagi 2 mavsumda 55 uchrashuvda 20+4 ko'rsatkichiga erishdi. Joriy La Liga mavsumida u 10 o'yinda 3+2 natija ko'rsatdi. Jami: 187 o'yinda 86+35.
Bu uning terma jamoadagi sherigi Kordoba Krasnodar safida o'sha davr mobaynida qayd etgan natijadan (168 o'yinda 86+38) biroz kamroq.