Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Monako» Pape Matar Sarr va Erik Lira bilan muzokaralar olib bormoqda.
⚡️ Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Monako» Pape Matar Sarrning vakillari bilan ehtimoliy ijara shartnomasi bo'yicha bog'landi.
Tomonlar loyihaning o'zi va maosh masalasini muhokama qilishdi. Erik Lira bilan muzokaralar ham qizg'in pallada — klub ikkita yarim himoyachini tarkibga qo'shib olish arafasida, bu esa Kamaraning ketishi yaqin ekanligini anglatadi.
"Crystal Palace" va Daichi Kamada 2027-yilning yoziga qadar amal qiladigan yangi shartnoma imzolash bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda Fabrizio Romano.
"Crystal Palace" va Daichi Kamada 2027-yilning yoziga qadar amal qiladigan yangi shartnoma imzolash bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda Fabrizio Romano. 📝
"Burgutlar" Ispaniya va Italiya klublari tomonidan bo'lgan qiziqishlarga qarshi tura olishdi. 🇪🇸🇮🇹
Ma'lumotlarga ko'ra, "Palace" Premer-liganing boshqa bir klubi tomonidan bo'lgan yaqindagi bosimni ham bartaraf etishga muvaffaq bo'lgan. "Sky Sports" muxbiri Jeyms Savundraning xabar berishicha, yaponiyalik futbolchiga Londonda o'tkazgan vaqti juda yoqqan. 💘
🎙️ | Futbolchining o'zi ham fikr bildirdi:
🗣️ | "Barchasi uchun rahmat. Biz yana bir sovrinni qo'lga kiritamiz".
"Bor kuchimni beraman, va'da beraman. Tez orada ko'rishguncha".
U gol urishini sezgandim, lekin keyin nima qilayotganini tushunmadim. 70-daqiqada vaqt cho'zayotgandek tuyuldi, ammo keyin darvozabonning ustidan to'pni oshirib tashladi... Bu mahoratli harakat edi. Top o'yinchi!
Yaponiya terma jamoasi va Kristal Pelas yarim himoyachisi Daichi Kamada nima uchun Saudiya Arabistoniga o'tishdan voz kechganini so'zlab berdi.
🎙️ Daichi Kamada:
🗣️ O'tgan qishgacha menda Saudiya Arabistonidan taklif bor edi va kelajagimni ta'minlash uchun o'sha yoqqa ketish haqida o'ylagandim.
Ota-onam bundan xursand bo'ladi deb o'ylagandim, lekin ular: «Hozirgi vaziyatda aslo u yoqqa ketma», deyishdi. Bu juda katta pul edi, shuning uchun ularni xursand bo'ladi deb taxmin qilgandim, ammo hammasi umuman boshqacha bo'lib chiqdi.