Benfica Daniel Bandajining transferi bo'yicha o'z pozitsiyasini ma'lum qildi
O Jogo xabariga ko'ra, «Benfika» Daniel Bandajini 50 million yevrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas. Futbolchiga bir qator top-klublar qiziqish bildirmoqda.
O Jogo xabariga ko'ra:
«Benfika» Daniel Bandajining transferini 50 million yevrodan kam bo'lgan summaga muhokama qilishga rozi emas.
«Barselona», «Inter», «Manchester Yunayted» va «Nyukasl» 18 yoshli himoyachi uchun kurashda yetakchilik qilayotgan klublar ro'yxatida turibdi.
Bandajining 2031-yilga qadar mo'ljallangan shartnomasida tovon puli sifatida 80 million yevro belgilangan.