Yuran hakamlikdan norozi: «Ural» EKSga murojaat qildi
Yuran «Nijniy»ga qarshi o'yindagi hakamlikdan qattiq norozi bo'ldi va «Ural» RFU EKSga murojaat qildi.
Yuran 47 soniya ichida 5 marta so'kinib, «Ural» hakamlik bo'yicha FSBga shikoyat qilishini aytdi: bu haqda murabbiy «Nijniy»ga qarshi o'yindan (1:2) keyingi matbuot anjumanida bayonot berdi. Uchrashuvda 24 yoshli hakam Naboka, uraliklar fikricha, bir nechta xatolarga yo'l qo'ygan:
1. «Nijniy»ning ikki futbolchisi ofsaydda bo'lishiga qaramay, «Ural» darvozasiga kiritilgan golni hisobga oldi.
2. Begichga 6 soniya ichida ikkita sariq kartochka ko'rsatdi. Bunga «hakam qaroriga namoyishkorona norozilik bildirish» sabab qilib ko'rsatildi: «Ural» sardori burchak zarbasi o'rniga darvozadan zarba belgilangani uchun referiga baqirgan edi.
3. Sekulichning oyog'iga zarba berilgan vaziyatda «Nijniy» darvozasiga penalti belgilanmadi.
Albatta, uraliklar FSBga shikoyat yuborishmadi, biroq RFU EKSga murojaat qilishdi. To'g'ri, Majich va hakamlik tizimidagilar «Ural» tomonini olishi dargumon. Katta ehtimol bilan, Yuranni ko'p marta so'kingani uchun jarimaga tortishadi.