Santi Mina to'rt yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Santi Mina 2017-yilda sodir etilgan jinsiy zo'ravonlik uchun to'rt yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Ispaniya Oliy sudi hukmni o'z kuchida qoldirdi.
ℹ️ Santi Mina 2017-yilda sodir etilgan jinsiy zo'ravonlik uchun to'rt yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
➡️ Futbolchi 2017-yil iyul oyida Moxakar (Almeriya) shahrida ayol kishiga nisbatan jinsiy zo'ravonlik qilgan. Hodisa tungi klub yaqinidagi furgon ichida yuz bergan.
↪️ 2026-yil 23-sentabr kuni Ispaniya Oliy sudi Minaning kassatsiya shikoyatini rad etib, hukmni yakuniy tarzda tasdiqladi.
• Uning do'sti, futbolchi David Goldar oqlandi; Oliy sud ayblov tomonining uni javobgarlikka tortish urinishini ham rad etdi.