Saidu Sou «Nant»ga o'tishga yaqin
«Strasbur» himoyachisi Saidu Sou faoliyatini «Nant»da davom ettirishi mumkin. Futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishga tayyorlanmoqda.
David Phelippeau xabariga ko'ra, «Strasbur» himoyachisi Saidu Sou ertaga «Nant»ga ijara asosida o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tadi. Kelishuvda futbolchini sotib olish huquqi ham ko'zda tutilgan.