Niderlandiyada pirotexnika sababli o'yinlar to'xtatiladi
Niderlandiya futbol federatsiyasi (KNVB) stadionlarda pirotexnikadan foydalanishga qarshi qat'iy choralar joriy etdi. Endilikda o'yinlar to'xtatiladi.
❌KNVB qat'iy choralar ko'rishga qaror qildi. Bundan buyon Niderlandiyadagi futbol o'yinlari, agar tribunadagi muxlislar pirotexnikadan foydalansa, butunlay to'xtatiladi.
Ushbu qaror KNVB, prokuratura va Adliya hamda xavfsizlik vaziri David van Vil tomonidan birgalikda qabul qilindi.
So'nggi haftalarda Erediviziyada pirotexnika bilan bog'liq bir nechta noxush hodisalar yuz berdi. "Feyenoord" muxlislari uni "Kambyur"ga qarshi o'yinda ishlatishdi, "Utrext" fanatlari esa "Gou Exed Iglz" bilan o'yin vaqtida maydonga pirotexnika otishdi. Bunday holatlar avvalgi yillarda ham bir necha bor kuzatilgan.