De Vinter «Milan»dagi muammolarni sanab o'tdi
«Benfika»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng De Vinter «Milan» o'yinidagi muammolarni sanab o'tdi va jamoani vahimaga tushmaslikka chaqirdi.
😔 «Benfika»dan uchralgan 0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng De Vinter «Milan»dagi muammoni ochiqchasiga aytdi.
«Rossoneri» himoyachisi quyidagilarni tan oldi:
🔴 to'pni juda oson yo'qotyapmiz
🔴 ishonch yetishmayapti
🔴 xatolarga juda asabiy munosabatdamiz
🔴 hujumda kam vaziyat yaratyapmiz
🔴 intensivlik va kreativlik yetishmayapti
«Murabbiy bizga bazani beryapti, biz esa maydonda hujum fazasida intensivlik va kreativlikni qo'shishimiz kerak. Hozircha bizga aynan shu narsa yetishmayapti».
Shu bilan birga, De Vinter vahimaga tushmaslikka chaqirdi:
«Bu hali boshlanishi. Bu mag'lubiyatlar biz uchun saboq bo'lishi kerak».