Deku va Rafinya shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshladi. Tomonlar o'rtasida o'zaro tushunish mavjud va futbolchi klubda qolishni istamoqda.
Karlos Monfort (🌖): Bugun tushdan keyin Deku Rafinya bilan restoranda uzoq davom etgan uchrashuv o'tkazdi. Maqsad — braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish jarayonini jadallashtirish.
Bu norasmiy, ammo muzokaralar doirasidagi muhim uchrashuv bo'ldi. Tomonlar o'rtasida to'liq o'zaro tushunish mavjud va o'yinchi klubda qolishni istamoqda. To'g'ri, bu hali dastlabki bosqich va kelishuvga erishishda hech qanday shoshilish yo'q.
Rafinyaning agenti yo'q, shuning uchun u o'z kelajagi bilan bog'liq muzokaralarni shaxsan olib bormoqda. Shunga qaramay, bugungi uchrashuvda Rafinyaning rafiqasi Taya Belloli ham ishtirok etdi. Bu uchrashuvning samimiy ruhda o'tganini va tomonlar o'rtasidagi ajoyib shaxsiy munosabatlarni ko'rsatadi. ❤️