Esekiel Sebalosning "Selta"ga o'tishi barbod bo'ldi
Esekiel Sebalos tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi va "Selta"ga o'tishi barbod bo'ldi. Tafsilotlar yangilikda.
😱 Ishlar yurishmadi
DeporTV xabariga ko'ra, tibbiy ko'rikdan so'ng Esekiel Sebalos "Selta" safiga o'tmaydigan bo'ldi.
Avvalroq xabar qilinganidek, ispaniyaliklar futbolchi bilan shartnomani imzolashga shoshilib, Buenos-Ayresga maxsus tibbiy guruhni ham yuborishgandi.