Crystal Palace investor izlamoqda
«Kristal Pelas» klubni 900 million funt sterlingga baholab, «Selxerst Park» stadioni rekonstruksiyasi uchun sarmoya izlamoqda.
Avvalroq xabar berganimizdek, «Kristal Pelas» klubni 900 million funt sterlingga baholab, sarmoya izlash uchun "Raine Group" kompaniyasini yolladi. 🤑
«Burgutlar»ning egalari — rais Stiv Perish, Jonson hamda amerikalik ishbilarmonlar Josh Xarris va Devid Blittser klub stadioni «Selxerst Park»ni rekonstruksiya qilish uchun mablag' izlashmoqda va har qanday tashqi sarmoya, katta ehtimol bilan, aynan shu maqsadlarga yo'naltiriladi. 🎯