Sampaoli Aritning «Marsel»dagi o'yini haqida fikr bildirdi
Xorxe Sampaoli Amine Aritning «Marsel» safidagi o'yini va uning jamoaga moslashuvi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Sampaoli Arit haqida:
«Jamoa allaqachon yaxshi shakllangan edi. Unga moslashishga to'g'ri keldi va mavsumning ikkinchi yarmida u muhim o'yinchiga aylandi. Birga-bir vaziyatlarda raqibni osonlikcha aldab o'tish qobiliyati hamda Payet o'yinini mukammal to'ldirib turgan oldindan aytib bo'lmas harakatlaridan tashqari, u jamoa bilan aloqa o'rnatishni va ularning mehrini qozonishni uddaladi. Uni futboli uchun qanchalik qadrlashgan bo'lsa, insoniy fazilatlari uchun ham shunchalik qadrlashardi.»