Dino Zoff Pol Gaskoyn bilan bog'liq qiziqarli voqeani esladi
Afsonaviy Dino Zoff «Latsio»da Pol Gaskoyn bilan bog'liq qiziqarli va g'ayrioddiy voqeani esladi.
Afsonaviy italiyalik darvozabon va murabbiy Dino Zoff «Latsio»da Pol Gaskoyn bilan yuz bergan voqeani so'zlab berdi.
Bir kuni Rimga Gazzaning qiz do'sti keldi va Pol o'sha vaqtda jamoa xodimlarining bazada qolish haqidagi barcha urinishlariga qaramay, o'yin oldidan jamoa yig'inini o'zboshimchalik bilan tark etdi.
Ertasi kuni men o'yin oldidan klub xodimlari bilan restoranda tushlik qilayotganimda, u yerda to'satdan Gaskoyn paydo bo'ldi... butunlay yalang'och holda. «Gazza»ning o'zi bu qilig'ini unga go'yoki bosh murabbiy uni zudlik bilan qidirayotganini aytishgani, kiyinishga esa vaqti bo'lmagani bilan izohladi.
Tabiiyki, men uni o'sha safar maydonga tushirmaslikka qaror qildim, bunday dahoga chin dildan jahling chiqmaydi.