Domeniko Berardi va Kristian Volpato «Roma»ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi
«Sassuolo» futbolchilari Domeniko Berardi va Kristian Volpato jarohat sababli «Roma»ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishadi.
«Sassuolo» uchun «Roma»ga qarshi o'yin oldidan yomon yangiliklar.
Domeniko Berardi va Kristian Volpato jarohatlari sababli ertaga kechqurun «Olimpiko»da maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Alberto Akvilani o'yinoldi matbuot anjumanida shaxsan ma'lum qildi.