Dyuranvil: «Parij»ning individual mahorati bizga og'riqli zarba bo'ldi»
Dyuranvil «Parij»ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi va asosiy tarkibda maydonga tushganidan xursand ekanligini ta'kidladi.
Dyuranvil: «Bu yerga kelish, yaxshi o'ynash va keyin yana «Parij» o'yinchilarining individual mahorati… Bu og'riqli, lekin nima ham qilardik, hayot shunaqa.
Rostdan ham asosiy tarkibda maydonga tushganimdan xursandmanmi? Ha, xursandman, o'ynay olganim va sport formasini tiklayotganim uchun Xudoga shukr. Yana maydonda bo'lish yoqimli».