Edvin van der Sar ser Aleks Fergyusonning „Manchester Yunayted“dagi 40 yillik faoliyati sharafiga o'tkazilgan tadbirdan taassurotlarini bo'lishdi.
Edvin van der Sar o'zining Instagram sahifasida shunday deb yozdi:
«Qanday ajoyib oqshom! „Old Trafford“da ser Aleks „Manchester Yunayted“ni boshqarganiga 40 yil to'lishi munosabati bilan o'tkazilgan tadbir juda ta'sirli o'tdi. Yigitlar bilan yana diydorlashish va uning klub tarixida qanday chuqur iz qoldirgani haqida shunchalik ko'p go'zal so'zlarni eshitish juda yoqimli bo'ldi!»