Hansi Flik qo'l ostidagi "Barselona" hujumkorlik bo'yicha rekord o'rnatdi
Hansi Flik boshqaruvidagi "Barselona" hujumkorlik borasida tarixiy natijalarni qayd etmoqda.
💪🔥 "Barselona" Xansi Flik qo'l ostidagi dastlabki 125 ta o'yinda 354 ta gol urdi — bu o'rtacha hisobda har bir o'yinga 2,83 ta gol degani.
Shu kabi davrdagi eng yaxshi ko'rsatkichlar faqat Elenio Errera, Luis Enrike va Ferdinand Dauchikda bo'lgan.
Bundan tashqari, kataloniyaliklar joriy mavsum La Liga dastlabki yetti turida 31 ta gol urib, klub rekordini o'rnatishdi.