Emi Buendiya Aston Villa bilan shartnomani uzaytirmoqda
Emi Buendiya Aston Villa bilan shartnomani 2028/29-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirish bo'yicha muzokaralarni yakunlamoqda.
Emi Buendiya jamoada qoladi. Argentinalik futbolchining yangi shartnoma borasidagi muzokaralari yakuniy bosqichga chiqdi.
Tomonlar kelishuvni yana ikki yilga, ya'ni 2028/29-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirishni rejalashtirishmoqda.