Xavi Ernandes Ronaldinyoning pasayish sabablarini tushuntirdi
Xavi Ernandes Ronaldinyoning faoliyatidagi pasayish sabablari haqida gapirdi. Uning so'zlariga ko'ra, muammo ziyofatlarda emas, balki mentalitetda bo'lgan.
Xavi Ernandes Ronaldinyoning pasayish sabablari haqida fikr bildirdi:
Gap ziyofatlarda edi deb o'ylaysizmi? Yo'q, menimcha, sabab uning mentalitetida edi.
U hamma narsani yutgan edi: La Liga, Chempionlar ligasi, «Oltin to'p». Shundan so'ng unda xuddi «Men qilishim kerak bo'lgan hamma narsani qildim» degan hissiyot paydo bo'lgandek edi.
Muammo ishlarga bo'lgan munosabatda edi, ziyofatlarda emas.