Nejip Uysal faoliyatini yakunlamoqda
Turkiyalik futbolchi Nejip Uysal faoliyatini yakunlamoqda. "Beshiktosh" klubi o'z afsonasi bilan xayrlashuv marosimini o'tkazadi.
Ertaga, "Eyupspor"ga qarshi o'yin oldidan "Beshiktosh" Nejip Uysal bilan xayrlashuv marosimini o'tkazadi 👋🥹
"22 yil muqaddam sen ilk qadamingni hali kichik bola bo'lganingda tashlagan eding, bugun esa noming "Beshiktosh" tarixiga oltin harflar bilan yozildi. Akademiyamiz tarbiyalanuvchisi, Yevropada klubimiz sharafini eng ko'p himoya qilgan, tariximizda eng ko'p o'yin o'tkazgan va eng uzoq vaqt sardorlik bog'ichini taqqan futbolchimiz — Nejip...
10 ta sovrin bilan bezalgan bu ulkan sadoqat tarixi uchun cheksiz minnatdorchilik bildiramiz!
"Beshiktosh" farzandi Nejip Uysal "Beshiktosh" va futbol bilan xayrlashmoqda. "Beshiktosh"ning katta oilasi ertaga "Eyupspor"ga qarshi bahs oldidan uni tantanali ravishda kuzatib qo'yadi.
Nejip Uysal bilan xayrlashuv marosimi ertaga soat 21:00 da, hammasi boshlangan joyda, yashil maydonda bo'lib o'tadi", — deyiladi klub bayonotida.